1. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2007 yil 27 aprel)
To’sxtasinova Odinaxon Yusupovna 2007 yil 27 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi
DK.015.04.02 Ixtisoslashgan kengashida 10.02.02 – o’zbek tili ixtisosligi btsyicha «O’zbek tilida leksik okkazionalizmlar va
ularning badiiy estetik xususiyatlari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2007 yil 19 aprel)
Yo’ldoshev O’tkir Jumaqtszievich 2007 yil 19 aprel kuni T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari
ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi D.113.20.01 g` Ixtisoslashgan kengash yig’ilishida 13.00.01 – Umumiy pedagogika, pedagogika
va ta’lim tarixi ixtisosligi bo’yicha «O’quv materialini bayon qilishga tarixiy yondashish didaktik printsip sifatida» mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
3. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2007 yil 27 mart)
Abdurahmonova Barnoxon Muhammadjonovna 2007 yil 27 mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
huzuridagi K.067.18.02 Birlashgan ixtisoslashgan kengashida 13.00.02 – o’sqitish nazariyasi va uslubiyati (o’zbek adabiyoti)
ixtisosligi bo’yicha «Ta’lim bosqichlarida «Qo’tadg’u bilig» asarini o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari» mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
4. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2007 yil 22 fevral)
Erkaboeva Nigora Shermatovna 2007 yilning 22 fevral kuni T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari
ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi Birlashgan ixtisoslashgan Kengash yig'ilishida mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
QDPI AXBOROT MARKAZI YANGILIKLARI
MILLIY G'OYA TARG'IBOTI
Oily va o’rta maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari Avazxon Marahimov va ma’naviy – axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha
1 – prorektor M. Jamoliddinov ijtimoiy himoya yili munosabati bilan Uchko’prik tumanining qishloq fuqarolar yig’inlarida
bo’lishib O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2007 – yil 25 avgustdagi “ Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy – ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida” gi 451 – sonli qarorini targ’ib qilish, xalqning fikrlarini o’rganish uni hal etish
bo’yich ochiq muloqotlar o’tkazishdi.
Amir Temur – buyuk sarkarda
Buyuk sarkarda Amir Temurning 671 yilligi yubileyiga bag’ishlab institut radio tarmog’i orqali professor-o’qituvchi
va talabalarga eshittirish havola etildi.
Filologiya fakultetining o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1-kurs talabalari ishtirokida bobomiz Amir Temurning
671 yilligi munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi (11.04.07).
Amir Temurning 671 yillik yubileyi oldidan
Kimyo-biologiya fakultetining geografiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi Akbarova Guljahon Respublika bo’yicha
o’tkazilgan tanlovda “Amur Temur va u bosib o’tgan yo’llar” xaritasi va referati bilan Respublikada 3-o’rinni egalladi, tanlov
g’olibi bo’ldi. Shu munosabat bilan fakultetda Amur Temurning yubileyiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi (11.04.07y).
Marg’ilon shahrining 2000 yilligi
Marg’ilon shahrining 2000 yilligi oldidan Qo’qon Davlat pedagogika institutining dotsenti Nosirjon Oxunovning
“Marg’ilon toponimlari” nomli maqolasi Farg’ona haqiqati gazetasida chop etildi (10.04.07 y).
QDPI AXBOROT MARKAZI YANGILIKLARI
«Ta’lim tizimida Abdulla Qahhor ijodini o’rganish va uning ma’naviy-tarbiyaviy estetik ahamiyati»
“Farg’ona xaqiqati” viloyat gazetasining 2007
yil 3 yanvardagi 1 – sonida
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 70 yillik tavalludi.
QDPI sport zalida “BELBOG'LI KURASH” musobaqasi
17-yanvar 2007-yil chorshanba kuni QDPI sport zalida sportning “belbog’li kurash”
turi bo’yicha 14- yanvar Vatan himoyachilar kuniga bag’ishlanib “QDPI kasaba uyushmasi qo’mitasi sovrini uchun” QDPI
shahsiy va mutloq ochiq birinchiligi o’tkaziladi.
Vazin toifalari: 55, 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg va mutloq g’oliblik uchun. Musobaqada, 16 – 28 yoshgacha
bo’lgan o’smirlar va yigitlar qatnashishi mumkun. G’oliblarni, QDPI talabalari kasaba uyushmasining qimmat baho estalik
sovg’alari va fahriy yorliqlari kutmoqda.
"KAMOLOT" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy
kengashi poytaxtimizda
"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashida poytaxtimizdagi oliy o`quv yurtlari talabalari
o`rtasida o`tkazilgan LG granti tanlovi g`oliblari e`lon qilindi. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus hamda Xalq
ta`limi vazirliklari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi va LG Elektroniks kompaniyasining
mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida uch yildan buyon o`tkazib kelinayotgan tanlovdan ko`zlangan maqsad ijodkor,
izlanuvchan, tashabbuskor yigit-qizlarning ijodiy izlanishlarini qo`llab- quvvatlashdan iborat. Tanlov iqtisodiyot,
pedagogika, tibbiyot, moliya, huquqshunoslik, jurnalistika, axborot texnologiyalari, qishloq xo`jaligi, adabiyot va san`at
sohalarida tahsil olayotgan bo`lajak bakalavrlar o`rtasida bo`lib o`tdi. Unda talabaning kontrakt asosida o`qishi,
a`lo reyting attestatsiyasi, jamoatchilik ishlari va ilmiy tadqiqotlardagi faol ishtiroki asosiy mezon sifatida olindi.
Tanlovning barcha shartlarini muvaffaqiyatli ado etgan 10 nafar g`olibning har biri LG Elektroniks kompaniyasining 500 ming
so`m miqdoridagi grantiga sazovor bo`ldi. Bu mablag` talabaning ta`lim kontraktini to`lash uchun u tahsil olayotgan oliy
o`quv yurti hisob raqamiga o`tkaziladi.
Tadbirda, shuningdek, mazkur tanlovning o`tgan yilgi g`oliblari orasidan gran- priga sazovor bo`lgan talaba
ham aniqlandi. Bu sovrin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi va audit fakul'teti talabasi Ikrom
Yoqubovga nasib etdi.
Moskvada MDH hamda Boltiqbo`yi respublikalari
rus tili va adabiyoti o`qituvchilarining A.Pushkin nomidagi beshinchi Xalqaro ko`rik-tanlov
Tanlovning ellik nafar g`olibidan etti nafari o`zbekistonlik o`qituvchilar ekani quvonarlidir. Ular – Toshkent
tumanidagi 14-maktab o`qituvchisi Lola Tilolova, Qarshidagi komp`yuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji o`qituvchisi Lola
Chorieva, Toshkent shahridagi 50-maktab o`qituvchisi Svetlana Jbanova, Samarqanddagi 50-maktab o`qituvchisi Irina Korobets,
Urganchdagi 6-maktab o`qituvchisi Raisa Yo`ldosheva hamda 10-maktab o`qituvchisi Svetlana Ten, Buxorodagi 5-maktab
o`qituvchisi Noila Shirinovadir.
Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi elchixonasida g`oliblar bilan bo`lgan uchrashuvda yurtimizda ta`lim
va ilm-fan sohasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar o`zining samarasini berayotgani, ta`lim sohasida
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik tobora mustahkamlanyotgani alohida ta`kidlandi.
“Mustaqillik yillarida O’zbekistonda pedagogik
fikrlar taraqqiyoti.
Pedagogika kafedrasining dosenti pedagogika fanlari nomzodi Erkaboyeva Nigora Shermatovna “Mustaqillik
yillarida O’zbekistonda pedagogik fikrlar taraqqiyoti (1992- 2005 yillar)” mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini tugalladi
va himoya uchun tavsiya oldi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
“Fan” nashriyoti.
Pedagogika kafedrasining bir guruh olimlari M. Tolipov, S. Isamitdinov, N. Nosirova “Qiziqarli pedagogika”
(O’quv uslubiy – qo’llanma) kitobini O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyotida chop ettirdilar.
(Toshkent, 2007, 3 bosma taboq)
Gånåràl bilàn uchràshuv.
Mustàqillik kuni và Bilimlàr kuni munîsàbàti bilàn Fàrg’înà vilîyati Ichki ishlàr bîshqàrmàsi bîshlig’i
Gånåràl-màyîr Tursunõîn Àydàrîvich Õudàybårgànîv bilàn tàlàbàlàr o’rtàsidà såminàr-uchràshuv bo’lib o’tdi.Bundà
Gånåràl-màyîr Tursunõîn Àydàrîvich Ichki ishlàr bo’limlàridà o’tkàzilàyotgàn islîhàtlàr và qînun ustuvîrligi hàqidà so’z
yuritdi. Tàlàbàlàrni ichki ishlàr bo’limlàrigà vàtàn îsîyishtàligini sàqlàshdà màrd và jàsur yigitlàrni ishgà tàklif qildi.
2006 yil dåkàbr îyining birinchi hàftàsidà Nàmàngàn-Õivà yo’nàlishi bo’yichà Råspublikà màràfîn birinchilik
musîbàqàsi bo’lib o’tdi.Ushbu musîbàqàdà Fàrg’înà vilîyati tårmà jàmîàsi fàõrli birinchi o’rinni egàllàdi.
Vilîyat tårmà jàmîà tàrkibidà institutimizning jismîniy tàrbiya fàkultåti tàlàbàlàridàn:
1. Àvàzîv Õurshid -(1 kurs)
2. Màmàtqulîv Zikirillî - (1kurs)làr ishtirîk etishib.vilîyatimiz shàràfini himîya qilishdà o’z õissàlàrini
qo’shdilàr.
FARMON VA IJRO. ISHLINING ISHI BITAR
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, aholi bandligi – iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omildir.
Shu ma’noda, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloqqa sanoatni olib kirish orqali yangi
ish joylarini tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir.
Bu borada, ayniqsa, Prezidentimizning joriy yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni
rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Ma‘lumki, xonadonda mehnat qilish, bunyodkorlik xalqimizning azaliy udumlaridan hisoblanadi. Aytaylik,
poytaxtimizdagi bir qancha mahallalarining atamasi ham bunga guvoh: “Chegarachi”, “Degrezlik”, “Pichoqchi”, “Konchilar”,
“O’qchi”… mohir zardo’zlar, qo’li gul kashtachilaru gilamdo’zlarimiz qo’llari bilan yaratilgan san’at darajasidagi buyumlari
esa hozirda ham dunyo muzeylarini bezab turgani, jumladan, matbuot xabarlariga qaraganda, bundan bir asr muqaddam yurtimizda
to’qilgan noyob gilam Londondagi “Kristi-s” auksion savdo uyida salkam yuz ming funtsterlingga baholangani kasanachilikning
salohiyatidan darak beradi.
Farmondan ko’zlangan maqsad esa, ana shu ota-bobolarimiz udumini tiklash, uni yanada rivojlantirish,
hunarmandlar sulolasini davom ettirish, shu tariqa aholi farovonligini yaxshilashdir.
Ta’kidlash joizki, mazkur hujjat bilan tanishgan yurtdoshlarimiz buni chuqur his etib, “Qarang, uydagi
ishimizga ham davlat g’amxo’rlik ko’rsatsa-ya” degan fikr – mulohazalarni bildirishmoqda. Bu Farmondan minnatdor bo’lgan
yurtdoshlarimizdan biri
– Toshkent tumanida yashovchi, telekommunikatsiya sohasi bo’yicha mutaxassis, qator korxonalar bilan
kasanachilikni yo’lga qo’ygan Ne’matilla Sobirovdir.
– E’tibor bergan bo’lsangiz, Farmonda “Kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish” degan jumla bor, -
deydi u.
– “Kooperatsiya” so’zi ko’plashib mahsulot ishlab chiqarish, sotish, sotib olish, xizmatlar ko’rsatish
maqsadida birlashishni anglatadi. Zotan, xalqimiz tabiatida jamoa bo’lib ishlash ishtiyoqi kuchli. Bunga o’zbekona
hasharlarimiz misol bo’la oladi. Xalqimizda “Ishsizning kuni o’tar, ishlining ishi bitar” degan maqol bor. Bu gap xuddi
uyda ishlovchilarga aytilganday. Darvoqe, kattalar xonadonda foydali mehnat bilan shug’ullanishsa, shu dargohda o’sayotgan
farzandlar qanchalik tarbiya ko’rishini, mehnatsevarlik fazilatini o’ziga uyqtirishini biror raqam yoki ko’rsatkichda
o’lchab bo’ladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil yakunlariga bag’ishlangan majlisida ham aholining daromadlari va turmush darajasini
oshirishning muhim sharti bo’lgan bandlik masalasini hal etish ustuvor vazifa etib belgilandi. Ularni bajarishda esa hech
kim, avvalambor, mahalliy hokimiyat rahbarlari va xodimlari chetda turmasligi kerak. Shundagina oldimizga qo’yilgan
maqsadimizga erishamiz.
NOMZODLIK DISSERTATSIYASI
1. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2006 yil 29 mart)
Zoxidova Durdona Lutfullaevna 2006 yil 29 mart kuni Uzbekiston Respublikasi FA Alisher Navoiy nomidagi Til va
adabiyot instituti huzuridagi D 015.04.01. rakamli ixtisoslashgan Kengashida 10.01.03-milliy adabiyot tarixi ixtisosligi
bo`yicha « Garibiy va uning devoni» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2006 yil 26 may)
Qo`ziboeva Ozoda Maxmudovna 2006 yil 26 may kuni O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi K 067.02.05.-
raqamli ixtisoslashgan Kengashida 11.00.01- tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi ixtisosligi bo`yicha
«So`x konussimon yoyilmasini mikrozonalashtirish va landshaft-meliorativ baholash» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini
muvaffaqiyatli himoya qildi.
3. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2006 yil 5 iyul)
Xonboboev Xakimjon Ikramovich 2006 yil 5 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi FA «Zamonaviy informatsion
texnologiyalar» ilmiy-texnik markazi qoshidagi Muvofiqlashtirish Kengashida 05.13.12-loyihalashni avtomatlashtirilgan
tizimlari ixtisosligi bo`yicha «Texnologik modul komponentlarini boshqarishda maqbul echimni tanlash modeli va
algoritmlarini ishlab chiqish» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
4. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi b o`lib o`tdi (2006 yil 18 oktyabr)
Mamadaliev Begjon Alijonovich 2006 yil 18 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi FA Fizika-texnika instituti
IISHB «Fizika-kuyosh» qoshidagi D 015.08.01 Muvofiqlashtirish Kengashida 01.04.10.-«Yarim o`tkazgichlar va dielektriklar
fizikasi» ixtisosligi bo`yicha «Kogerentli to`yinish samarasining p-Ge, n-GaÐ, p-GasAs va p-GaAs-AlGaAs nanotuzilmalar
fotonli kinetik xususiyatlariga ta’siri» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
5. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2006 yil 19 oktyabr)
Sultanova Xurshida Alievna 2006 yil 19 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi K. 067.18.01
Muvofiqlashtirish Kengashida 13.00.02- o`qitish nazariyasi va uslibiyoti (matematika) ixtisosligi bo`yicha «Akademik litsey
o`quvchilarining geometrik ko`nikma va malakalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari» mavzusidagi nomzodlik
dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
6. Sankt-Peterburg shahriga xizmat safari. (2006 yil 24 oktyabr)
Biologiya kafedrasi o`qituvchisi M.Xalimovani O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamgarmasi
grant sovrindorlari guruhi tarkibida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Politexnika universitetida malaka oshirishi
hamda amaliy tajriba almashishi Sankt-Peterburg shahriga xizmat safariga yuborildi.
7. Nyu- Deli shahriga xizmat safari. (2006 yil 24 oktyabr)
Ingliz filologiyasi kafedrasi o`qituvchilari D.Abdullaeva hamda M.Qurbanovalarni Hindiston elchixonasining
13 oktyabr 2006 yildagi ¹TAS/231/1/2006(1) xati asosida Hindiston Hukumati granti asosida «Certificate Course on Software
Development Techniques» kurslarida malaka oshirishlari uchun Nyu- Deli shahriga xizmat safariga yuborildi.
8. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2006 yil 8 noyabr)
Muxammadieva Sayyora Renatovna 2006 yil 8 noyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi K. 067.18.03
Muvofiqlashtirish Kengashida 13.00.06-tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi o`yicha «Talabalarni gigienik
tarbiyalash samaradorligini oshirish shakl va metodlari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya
qildi.
9. Nyu- Deli shahriga xizmat safari. (2006 yil 27 noyabr)
Ingliz filologiyasi kafedrasi o`qituvchisi Z.To`xtasinova Hindiston elchixonasining 13 noyabr 2006 yildagi
¹TAS/231/1/2006(5) xati asosida Hindiston Hukumati granti asosida «Essential Computer Skills for the e-World» kurslarida
malaka oshirishlari uchun Nyu-Deli shahriga xizmat safariga yuborildi.
10. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo`lib o`tdi (2006 yil 6 dekabr)
Kokanbaev Ismailjan Mamadjanovich 2006 yil 6 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi FA Fizika-texnika instituti
IISHB «Fizika-kuyosh» qoshidagi D 015.08.01 Muvofiqlashtirish Kengashida 01.04.10.-«Yarim o`tkazgichlar va dielektriklar
fizikasi» ixtisosligi bo`yicha «Ge, Te, PbTe asosidagi yarim o`tkazgichli tuzilmalar va yupqa pardalarda o`lchamli
kvantlashgan samaralar va fotonli kinetik hodisalar» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.