«TA’LIM TIZIMIDA ABDULLA QAHHOR IJODINI O’RGANISH VA UNING MA’NAVIY-TARBIYAVIY ESTETIK AHAMIYATI»
MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY SEMINAR
X A B A R N O M A S I
Seminar tashkilotchilari:
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’lim vazirligi, Qo’qon davlat pedagogika instituti
Seminar o’tkazish muddati:
2007 yil aprel
Seminar o’tkazish joyi:
Qo’qon davlat pedagogika instituti
Seminar ishtirokchilari:
O’zbekiston Respublikasi OO’MTV, O’zbekiston Respublikasi XTV, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy va
o’rta maxsus ta’lim muassasalari.
Seminarda quyidagi masalalar muhokama etilishi mo’ljallanmoqda:
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida A.Qahhor ijodini o’rganish
2. Oliy o’quv yurtlarida A.Qahhor ijodini o’rganishning dolzarb muammolari
3. Ta’lim tizimida A.Qahhor ijodini o’rganishning ma’naviy-tarbiyaviy, estetik ahamiyati
Seminarning ishchi tili: o’zbek va rus tillarida
Seminarning materiallariga qo’yiladigan texnik talablar:
materiallar to’liq 3(uch) bet hajmda, 1 intervalda (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,5 sm, qo’yidan 2 sm, o’ng
tomondan 1 sm) kompyuterning Microsoft WORD muharriri «G`Elegantg`FG`TimesUZ» yoki rus tilidagi materiallar «Times New Roman»
dasturlarida 14 o’lchamli shriftda tayyorlangan bo’lishi lozim. Ilmiy maqolalarning mavzusi bosh harflarda yoziladi,
2 intervaldan so’ng muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko’rsatiladi va yana 2 intervaldan keyin «TAB»
yordamida abzas qo’yilib matn yoziladi. Matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo’lishi lozim.
Seminar materiallarining 2 nusxadagi qog’oz varianti va elektron matnlari 2007 yil 20 martgacha quyidagi
manzilga yuborilishi so’raladi: Qo’qon shahri, Istanbul ko’chasi, 23 uy, Qo’qon davlat pedagogika instituti, ilmiy bo’lim.
Seminar materiallari to’plami OAK talablari asosida chop etiladi.
Seminar yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
Qo’qon shahri, Istanbul ko’chasi, 23 uy, ilmiy bo’lim, (D.M.Mirzajonova, M.Hoshimova) tel: 855-303-73,
855-302-37, 855-357-48 E-mail: dpi@quqon.uz;
dmirzajonova@rambler.ru
O’ZBÅKISTÎN RÅSPUBLIKASI ÕALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQIMIY NÎMIDAGI QO’QÎN DAVLAT PÅDAGÎGIKA
I N S T I T U T I
Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akadåmik litsåylar,
kasb-hunar kîllåjlari hamda pådagîgika institutlarida
o’zbåk tili va adabiyoti fanlarini o’qitishning
dîlzarb muammîlari
RÅSPUBLIKA ILMIY-AMALIY KÎNFÅRÅNTSIYASI
TAKLIFNÎMA DASTUR
Qo’qîn shahar 14-15 îktyabr 2006 yil
O’ZBEKISTÎN RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NÎMIDAGI
QO’QÎN DAVLAT PEDAGÎGIKA INSTITUTI
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI, AKADEMIK LITSEYLAR,
KASB-HUNAR KÎLLEJLARI HAMDA
PEDAGÎGIKA INSTITUTLARIDA O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FANLARINI
O’QITISHNING DÎLZARB MUAMMÎLARI
(14-15 îktyabr 2006 yil).
Mas’ul muharrirlar:
V.M.Mahmudîv – Muqimiy nîmidagi
Qo’qîn davlat pedagîgika instituti rektîri.
D.M.Mirzajonova – Qo’qîn davlat pedagîgika instituti
ilmiy ishlar prîrektîri, psixîlîgiya fanlari nîmzîdi, dîtsent.
Tahrir hay’ati:
filîlîgiya fanlari nîmzîdi, dîtsent I.P.Po’latîv.
filîlîgiya fanlari nîmzîdi SH.T.Akramîv.
filîlîgiya fanlari nîmzîdi Z.S.Isaqîv.
S O’ Z B Î SH I
«Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli va baxtli bo’lishlari shart» (I.Karimîv)
ekanligi ko’p jihatdan ularni ma’nan, axlîqan hamda eng muhimi, ilmiy salîhiyati yuksakligi bilan ham bîg’liqdir.
Buning uchun esa har bir fan mutaxassisining chuqur bilimga ega ekanligigina emas, o’z bilim va tajribasini yosh,
ilmga chanqîq o’quvchilar îngiga singdira îlishi talab etiladi. Bu bugungi kun fan, texnika taraqqiyoti, jamiyatimiz
rivîjlanishining asîsiy talabidir.
SHu ma’nîda Qo’qîn Davlat pedagîgika institutining o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida jiddiy izlanishlar
îlib bîrayotgan ustîzlar va shîgirdlar, dîktîrant, aspirant va magistrlar talaygina.
Ular o’z bilim va tajribalarida ta’lim tizimida islîhîtlar o’tkazish, kadrlar tayyorlash milliy dasturi,
ta’lim to’g’risidagi Qînun, maktab ta’limini rivîjlantirish umummilliy Dasturi kabilarni zamînaviy yutuqlar bilan bîyitilgan
tarzda ilm tîliblariga etkazishga astîydil bel bîg’laganlar. Darslar sifati va samaradîrligini îshirish, ta’lim jarayoniga
ilg’îr pedagîgik texnîlîgiyalarni jîriy etish o’quvchi-talaba yoshlar tafakkurini shakllantirish, ularda ijîdkîrlik va eng
muhimi, fanga bo’lgan qiziqishlarini îrttirish îmilidir.
Adabiyot – til bir-biri bilan egizak. So’zsiz adabiyotni tasavvur qilib bo’lmaganidek, tilning bîy estetik
mîhiyati adabiyot îrqali kishi ruhiyatiga singib bîradi. Badiiy asar mazmuni, asîsiy g’îyasi, muallifning so’z qo’llashdagi
individual mahîrati til va adabiyot îrqali amalga îshiriladi. SHuning uchun o’qitishning ilg’îr tajribalarini o’rtîqlashish,
fanning yangi innîvatsiîn texnîlîgiyalarini îmmalashtirishda respublika miqyosidagi anjumanlarning rîli katta. O’zbek tili va
adabiyoti fanlarini o’qitishning dîlzarb masalalariga bag’ishlangan mazkur anjuman ham bu bîrada îlib bîrilayotgan
ilmiy-uslubiy ishlarning keng qamrîvli majmui hisîblanadi. Anjuman qatnashchilarini, ruhiyatga jî fan – adabiyot va buyuk
Turînning o’zagi bo’lgan tilimiz darg’alarini ilmiy-uslubiy bayrami bilan tabriklayman. Fan taraqqiyoti va ularning
o’quvchi-yoshlarga singdirishdek ishlaringizda ulkan rivîjlar tilayman.
V. Mahmudîv – Qo’qîn DPI rektîri
TAKÎMILLASHTIRILGAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI VA
MÎDERNIZATSIYA QILINGAN O’QUV DASTURLARI
TAJRIBA-SINÎV JARAYONINING IKKINCHI BÎSQICH JARAYONI XUSUSIDA
Q. Sultînîva – Respublika ta’lim
markazi Tajriba-sinîv ishlarini
tashkil etish bo’limi bîshlig’i.
Har kuni îta-îna farzandini maktab tîmîn yo’llar ekan, bir narsani o’g’il-qizining chuqurrîq
bilim egallashini istaydi. Zerî, bugun o’rganilgan bilim, to’plangan tajriba uning ertangi hayotida asqîtishi tayin. Aslida,
o’qituvchilik kasbining mas’uliyati, zalvîri ham shunda. To’g’ri, agarda masalaga kengrîq qaralsa, o’quvchining kelgusida o’z
tanlagan sîhasi bo’yicha etuk mutaxassis bo’lishi faqatgina o’qituvchi yoki birîr ta’lim muasasasi faîliyatigagina bîg’liq
bo’lib qîlmaydi. Eng avvalî, o’quvchining psixîfiziîlîgik hîlatini e’tibîrga îlgan hîlda, har bir darsda egallashi lîzim
bo’lgan bilimlar majmuining o’qituvchi tîmînidan qay yo’sin va tartibda berilishini belgilab beruvchi Davlat ta’lim
standartlari, o’quv dastur va rejalariga ham bîg’liq.
“2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivîjlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi Prezident farmîni
va uning ijrîsiga bag’ishlangan bir qatîr Hukumat qarîrlari asîsida maktab ta’limini islîh qilish maqsadida besh yo’nalishda
îlib bîrilayotgan ishlarning biri ayni Davlat ta’lim standartlari, o’quv dastur va rejalarini takîmillashtirilishiga qaratilishi
bejiz emas. Xabaringiz bîr, bu bîrada o’tgan davr mîbaynida respublika xalq ta’limi vazirligi tîmînidan umumiy o’rta ta’limning
YAngi tahrirdagi Davlat ta’lim standrtlari, mîdirnizatsiya qilingan o’quv dasturlari ishlab chiqilib tajriba-sinîvdan
o’tkazilmîqda.
Tabiiy savîl tug’iladi: nega bundan îldingi amaldagi DTS va o’quv dasturlarini takîmillashtirish zaruriyati paydî
bo’ldi?
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti jarayonida ilm-fan ham rivîjlanib bîradi. Bu esa, o’z navbatida, ta’limga bo’lgan
talablarning ham o’zgarishiga ta’sir etishi tayin. Demak, o’zgarishlar yangiliklar jarayonida Davlat ta’lim standartlarining
ham takîmillashtirib bîrilishi uzluksiz davîm etadigan jarayon hisîblanadi.
O’zbekistîn Respublikasining «Ta’lim tug’risida”gi Qînunning 7-mîddasida: “Davlat ta’lim standartlari,
umumiy o’rta, kasb-hunar va îliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan ijtimîiy talab belgilanadi. SHunday ekan Davlat
ta’lim standartlari, ta’lim jarayoni îldiga qo’yilgan ijtimîiy talabdan kelib chiqqan hîlda belgilab beriladi” deyilgan.
Xo’sh, ayni paytda Xalq ta’limi vazirligi tîmînidan belgilangan tayanch maktablarida îlib bîrilayotgan umumiy o’rta
ta’limning yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standartlari, mîdernizatsiya qilingan o’quv dasturlari hamda ixtisîslashtirilgan
maktablar, chuqurlashtirib o’qitishga yo’naltirilgan sinflarning o’quv reja, dasturlarining tajriba-sinîv jarayoni qanday
kechyapti-yu, yuzaga kelgan muammîlar nimalardan ibîrat?
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish hamda
yangilarini yaratish bo’yicha Hukumat kîmissiyasi majlisining 2004 yil 28 fevraldagi 07 – 1 – 25-sînli bayonnîmasi asîsida
amaldagi DTS va o’quv dasturlarini takîmillashtirish uchun ishchi guruhlari tasdiqlandi. Xuddi shunday guruhlar Xalk ta’limi
vazirligining 2004 yil 27 fevraldagi 29-sînli buyrug’iga asîsan Qîraqalpîg’istîn Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi,
Tîshkent shahar va vilîyatlar xalq ta’limi bîshqarmalari huzurida ham tashkil etilib, ishchi guruhlari tîmînidan amaldagi
DTS va o’quv dasturlari ekspertizadan o’tkazildi va ekspertiza xulîsalari asîsida umumiy o’rta ta’limning yangi tahrirdagi
Davlat ta’lim standarti, mîdernizatsiya qilingan o’quv dasturlari tayyorlandi.
Takîmillashtirilgan DTSlari va o’quv dasturlarini amaliyotda sinab ko’rish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining
2004 yil 8 îktyabrdagi «Umumiy o’rta ta’limning yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standartlari, mîdernizatsiya qilingan o’quv
dasturlarini tajriba-sinîvdan o’tkazish haqida»gi 198-sînli buyrug’i asîsida 2004-2005 o’quv yilidan Qîraqalpîg’istîn
Respublikasi, Tîshkent shahri va barcha vilîyatlarda 29 ta tayanch maktablarda 31 o’quv fanidan takîmillashtirilgan
DTS va mîdernizatsiya qilingan o’quv dasturlari tajriba-sinîvdan o’tkazildi. Mazkur jarayonga 31 nafar îlim, 62 nafar metîdist
jalb etildi. Tajriba-sinîvning xîlisînaligini ta’minlash maqsadida jîylarda 357 ta xududiy tajriba-sinîv maydînchalari barcha
fanlar bo’yicha tashkil etildi. Tajriba-sinîv jarayonida 384 nafar eksperimentatîr o’qituvchi ishtirîk etdi.
Tajriba-sinîvlar 1–4-sinflarda îna tili, o’qish, matematika, tabiatshunîslik, îdîbnîma fanlaridan, 5-sinf ta’lim
o’zbek tilida îlib bîriladigan maktablarda îna tili, adabiyot, nemis, ingliz, frantsuz tillari, rus tili, Vatan tuyg’usi, tarix,
musiqa, biîlîgiya, tasviriy san’at, jismîniy tirbiya, matematika, geîgrafiya, mehnat ta’limi, 6-sinflarda fizikadan, 7-sinflarda
kimyo, milliy istiqlîl g’îyasi va ma’naviyat asîslari, 8-sinflarda davlat va hukuk asîslari, infîrmatika va hisîblash texnikasi
asîslari, iktisîdiy bilim asîslari fanlaridan, kardîsh tillarda ukitiladigan maktablarda 5-sinfda qirg’iz tili, qîzîq tili va
adabiyoti, qîraqalpîq tili, tîjik tili va adabiyoti, turkman tili fanlaridan, ta’lim bîshqa tillarda îlib bîriladigan
maktablarda o’zbek tilidan o’tkazildi.
Respublika ta’lim markazida fanlar bo’yicha o’tkazilgan ilmiy-metîdik kengashlarda hamda Xalq ta’limi vazirligining
Hay’at majlisida tajriba-sinîv ishlarining birinchi bîsqich natijalari muhîkama etildi.
2004-2005 o’quv yilida tajriba-sinîvdan o’tgan jami 32 ta (1-4-sinflarda 5ta, 5-sinflarda 20 ta, 6-sinflarda 1ta,
7- sinflarda 2 ta, 8-sinflarda 4ta) o’quv fanidan YAngi tahrirdagi DTS va mîdernizatsiya qilingan o’quv dasturlari XTVning
2005 yil 1 avgustdagi 191-sînli buyrug’i hamda Hay’at majlisining 2005 yil 26 avgustdagi 24-qarîri hamda Hukumat kîmissiyasining
2005 yil 30 avgustdagi bayonnîmasiga asîsan, 2005-2006 o’quv yilidan bîshlab barcha umumta’lim maktablarida îmmaviy ravishda
jîriy etilmîqda.
SHuningdek, 2005-2006 o’quv yilidan îmmaviy ravishda jîriy etishga tavsiya etilgan takîmillashtirilgan DTS,
mîdernizatsiya qilingan o’quv dasturlari jîylarga etkazib berildi. Tajriba-sinîvdan o’tgan fanlar bo’yicha takîmillashtirilgan
DTS va o’quv dasturlari «Bîshlang’ich ta’lim», «Til va adabiyot ta’limi», «Menejment», «Fizika, matematika va infîrmatika»
jurnallarida va «Ma’rifat» gazetalarida chîp etilib, ta’lim muassasalariga etkazilishi ta’minlangan.
Tajriba-sinîv ishlariga bir qatîr eksperementatîr-o’qituvchilarimiz, ayniqsa, Tîshkent vilîyatidan V.Sayidxo’jaeva
(fizika), Sirdaryo vilîyatidan M.YAh’yoeva (îna tili), Buxîrîdan Î.Sîdiqîv (chizmachilik) Tîshkent shahridan S.Saidinîmîva
(iqtisîdiyot bilim asîslari), Andijîndan SH.Iminîva (adabiyot), Namangandan X.Mahsudîva (nemis tili), Farg’înadan F.Islîmîva
(Milliy istiqlîl g’îyasi va ma’naviyat asîslari), Andijîndan E.Mamatqulîv (mehnat ta’limi) îlib bîrilayotgan tajriba-sinîv
ishlari yuqîri saviyada bo’lib, talab darajasida îlib bîrilyapti.
Ta’kidlash jîizki, tajriba-sinîv maydînchalariga tayinlangan ilmiy rahbarlar ham eksperimentatîr-o’qituvchilarga
o’quvchilarning o’zlashtiri-shida uchraydigan kiyinchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asîslangan xulîsalar, ko’rsatmalar
berib bîrmîqdalar.
Ayniqsa, UzMU prîfessîrlari M.Qurbînîva, K.Tursunmetîv, O’zPFITI ilmiy xîdimlari p.f.n. SH.SHaripîva, G.Alimîva
O’zDJTI prîfessîri R.Salîmîv, TDPU dîtsentlari: B.Bîymatîv, J.Tîlipîva, prîf R.Ismatullaevlarning eksperimentatîr-o’qituvchilar
bilan hamkîrligi yaxshi yo’lga qo’yilganligini e’tirîf etish mumkin.
XTVning 191-sînli buyrug’i asîsida Umumiy o’rta ta’limning takîmillashtirilgan DTSlari, mîdernizatsiya qilingan
o’quv dasturlari tajriba-sinîvining ikkinchi bîsqichi 2005-2006 o’quv yilining birinchi chîragidan bîshlab Respublika, miqyosida
belgilangan 45 ta tayanch maktab negizida o’quv tillari va sinflar kesimida 59 ta fandan, shu jumladan: bîshlang’ich sinflarda
18 ta, 5-sinflarda 6 ta, 6-sinflarda 28 ta, 7-sinflarda 1ta, 8-sinflarda 2ta, 9-sinflarda 4ta o’quv fanlaridan
tajriba-sinîvning ikkinchi bîsqichi davîm ettirildi. Tajriba-sinîv jarayoniga 36 nafar îlim-ilmiy rahbarlar, 78 nafar
metîdistlar va 71 nafar eksperimentatîr-o’qituvchilar jalb etilgan.
Tajriba-sinîv jarayonining ikkinchi bîskich jarayonida muvaffaqiyatli ish îlib bîrayotgan
eksperimentatîr-o’qituvchilarmizning ayrimlari xususida materiallarni îmmaviy axbîrît vîsitalarida «Tajriba-sinîv jarayonida
eksperimentatîr-o’qituvchining o’rni» ruknida maqîlalar berib bîrilishi yo’lga qo’yildi.
2006 yil 14 – 15 oktyabr kunlari Muqimiy nomli Qo’qon davlat pedagogika institutida
o’tkazilgan “Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari
hamda pedagogika institutlarida o’zbek tili va adabiyoti fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari”
respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi
T A V S I YA L A R I
1. Uzluksiz ta’limning har bir bo’g’ini, dastur va darsliklari o’zaro bir maqsadli bog’liqlikda hamda davomiylikda
tuzilishi lozim. Bunda quyi bosqich, yuqori bosqich uchun imkoniyatlar tizimini berishga moslashgan va uzluksizlik qat’iy
saqlangan bo’lishi shart.
2. Ona tili va adabiyot ta’limida eng zamonaviy usullarni qo’llash zarur. Bunda o’qituvchilarning eng ilg’or ish
usullarini õalq ta’limi õodimlari orasida keng ommalashtirishga e’tibor kerak.
3. Ona tili va adabiyot ta’limida yangi pedagogik teõnologiyalari hamda innovatsion metodlarini o’qituvchilar
faoliyatiga keng tatbiq etish kerak.
4. Ona tili va adabiyoti ta’limi samaradorligini oshirish uchun o’qituvchilar uchun qo’shimcha metodik manbalarni
yanada ko’paytirish shart.
5. Darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun o’quv-metodik qo’llanmalarni nashr qilish kerak.
6. Ta’limning bakalavriat bosqichida DTS asosida o’rganiladigan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kursining umumiy
mazmuni ta’limning boshqa bo’g’inlari ta’lim dasturlari bilan muvoqlashtirilib ulardagi uzviylik va davomiylikni saqlash kerak.
7. O’zbek tilidan DTSlarni hayotga joriy etishda fan va ta’lim integratsiyalaridagi uzviylik va uzluksizlik
tamoyillarining barqaror bo’lishiga erishish zarur.
Rektor: V.M.Mahmudov
* * *
2006 yil 14 – 15 oktyabr kunlari Muqimiy nomli Qo’qon davlat pedagogika institutida
o’tkazilgan “Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda
pedagogika institutlarida o’zbek tili va adabiyoti fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari”
Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi yuzasidan
H I S O B O T
I. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”, “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” istiqlol yo’lidan
borayotgan O’zbekiston Respublikasida kelajagimiz bunyodkorlari – yosh avlodni tarbiyalashga õizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 390- Qarori (1999 yil 16 avgust) bilan umumiy o’rta ta’lim DTS
lari tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 341-Qarori (1999 yil 30 aprel) bilan Oliy ta’lim uchun
DTSlari tasdiqlandi. O’rta maõsus kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha ham DTSlar ishlab chiqilgan. O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni bajarish yuzasidan qabul
qilingan 203-Qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Õalq ta’limi vazirligi buyrug’i bilan ta’lim boshqa tillarda olib
boriladigan maktablar (2 – 9- sinflar) amaliyotiga o’zbek (davlat) tilini o’qitish bo’yicha islohotlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maõsus ta’lim vazirligining 2002 yil 21 fevraldagi 54-sonli buyrug’i bilan
5 141 100 – o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim DTSlari tasdiqlandi.
“Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda pedagogika institutlarida o’zbek
tili va adabiyoti fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasining o’tkazilishi
dolzarb masala bo’ldi.
II. Konferentsiyaning maqsadi va vazifalari.
Uzluksiz ta’lim tizimida ona tili ta’limining o’z mavqei bor. Zero ona tili bolaga dunyoni tanitadi, uni shaõs
sifatida shakllantiradi. Til haqidagi bilimlar ilk tafakkurni rivojlantiruvchi omildir. Ilk ijtimoiy va tabiiy ilmiy
mulohazalar ona tili tushunchalari zaminida vujudga keladi. Ona tili barcha fanlar bo’yicha ilmiy dunyoqarashning shakllanishi
uchun zamin bo’lib õizmat qiladi.
III. Konferentsiyaning mavzusi va muhokama qilingan masalalar “Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik
litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda pedagogika institutlarida o’zbek tili va adabiyoti fanlarini o’qitishningdolzarb
muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasining o’tkazilishi fan va ta’lim integratsiyasi ufqlarini
belgilash imkonini beradi. Konferentsiyada quyidagi masalalar muhokama etildi:
1. Umumiy o’rta ta’lim (1–9-sinflar) bosqichida ona tilidan DTSlarning joriy etilishi.
2. Kasb-hunar kollejlarida o’zbek tilidan DTSlarning joriy etilish.
3. Akademik litseylarda ona tilidan DTSlarning joriy etilishi.
4. Oliy ta’lim bosqichida o’zbek tilidan DTSlarning joriy etilishi.
5. Ta’lim boshqa tillarda olib borilayotgan maktablar (2–9-sinflar) amaliyotida o’zbek(davlat) tilidan DTSlarning
joriy etilishi.
6. Hozirgi o’zbek adabiy tilining dolzarb muammolari.
7. Ta’lim jarayonida o’zbek, rus va õorijiy tillar interferentsiyasi muammolari. .
IV. O’tkazilgan konferentsiyaning Davlat ilmiy-teõnik dasturlarining, õalqaro ilmiy hamkorlik
dasturlarining amalga oshirishidagi va O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati.
Uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida o’zbek tili ta’limining sifatiga 1989 yil ta’sis etilgan respublika
miqyosidagi “O’zbek tili doimiy anjumani” ham katta ta’sir etmoqda. Hozirga qadar o’zining bir necha yig’inini o’tkazgan ushbu
anjuman o’z yig’ilishlarida uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida o’zbek tilining davlat tili maqomida o’rganish, uni ona
tili sifatida o’qitish mazmunini yangilash va ta’lim uslublarini takomillashtirish jarayoniga salmoqli hissa qo’shdi. Uzluksiz
ta’lim tizimi bo’g’ini uchun o’zbek tilidan DTSlarning belgilanishida ham “O’zbek tili doimiy anjumani”ning õizmatlari kattadir.
DTSlarning sifat va miqdor jihatdan aniqlanishida munozarali jihatlar,tortishuvchi fikrlar ham yo’q emas. Buning
boisi, o’z-o’zidan tushuniladiki, DTSlarning mazmun tomoni uzluksiz o’zgarib boruvchan, muhim ilmiy yangiliklar bilan o’z
mundarijasini boyitib boruvchan hodisa ekanligidir. Bu kabi muammolar albatta, DTSlarni hayotga joriy etish jarayonida
aniqlanadi va hal etiladi. Mazkur anjuman ana shu maqsadlarni ko’zda tutib chaqirilgan. Uning ikki yilda bir marta uzluksiz
o’tkazilib turilishi mo’ljallanmoqda.
V. O’tkazilgan konferentsiyaning boshqa õalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va
ilmiy-teõnik tadbirlar bilan o’zaro bog’liqligi.
Uzluksiz ta’lim tizimi bo’g’inlari uchun Davlat ta’lim standartlarning hayotga joriy etilishi muammolari muhokama etildi.
VI. Turli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar olim va mutaõassislarning tadbirdagi ishtiroki.
Konferentsiya ishi O’zbekiston Respublikasi Õalq talimi vazirligi tashabbusi va rahbarligida o’tkazildi.
Unga Oliy va o’rta maõsus ta’lim vazirligiga qarashli Buõoro DU (prof. Õ.G’.Ne’matov, D.Yo’ldosheva), Andijon DU
(prof. A.Nurmonov, U.Rahimov, O.Tojiev, D.Nabieva, H.R.Zokirova, U.S.Qobulova), O’zMU (R.Sayfullaeva), Samarqand DU
(prof. B.Yo’ldoshev), Farg’ona DU (prof. A.Mamajonov), Qarshi DU (dots. B.Mengliev), Namangan DU (dots. H.Usmonova, N.Qozoqova)
olimlari qatnashdilar. Qo’qon davlat pedagogika instituti, Respublika Ta’lim markazi (M.Abduraimova, F.Qahhorova, Q.Sultonova),
Andijon davlat chet tillar pedagogika instituti (SH.SHahobiddinova), Toshkent VDPI (N.Payzieva), Siyob sport-pedagogika kolleji
(B.Yo’ldoshev), Samarqand shahridagi 1-maktab (D.Yo’ldosheva), Dang’ara tumanidagi 19-maktab (Z.Mamajonova), 14-maktab
(F.Qurbonova), Beshariq tumanidagi 17-maktab (SH. Boshmonov), Andijon viloyati Õo’jaobod tumani (E. Tojieva), Qirg’iz-O’zbek
universiteti (B.SHerboboeva) kabi olim hamda muallimlarning faol ishtiroki konferentsiyasidan ko’zlangan maqsadga erishish
omili bo’ldi.
VII. Yosh olimlar, aspirant, magistrant va talabalarning tadbirdagi ishtiroki.
Konferentsiya ishida respublika oliy o’quv yurtlaridan kelgan yosh olimlar, Qo’qon DPI o’zbek tilshunosligi
kafedrasining aspirantlari (M.Rahimova, D.Rahmatullaeva), kafedra magistrantlari (A.Mukaramov, D.Olimjonova, R.Ubaydullaeva,
N.Qosimova), filologiya va pedagogika fakultetlarining iqtidorli talabalari (Z.Isaqova, YU.Isaqova, S.Sotvoldieva, SH.
Yigitalieva, N.Suyarova, H.Õo’jaeva, A.Qo’ziev, D.Najmiddinova), Andijon davlat universiteti doktoranti (O.O.Bozorov),
Samarqand DU magistri (A.Nurmonov) Toshkent pedagogika universiteti talabasi (SH.Õo’jamberdieva)lar o’z ma’ruzalari bilan
ishtirok etdilar.
VIII. O’tkazilgan konferentsiya tavsiyalari va qarorlari, ularni ustivor ilmiy-teõnik muammolarni hal
qilishga va amalda qo’llanishiga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yo’naltirilganligi.
1. Uzluksiz ta’limning har bir bo’g’ini, dastur va darsliklari o’zaro bir maqsadli bog’liqlikda hamda
davomiylikda tuzilishi lozim. Bunda quyi bosqich, yuqori bosqich uchun imkoniyatlar tizimini berishga moslangan bo’lishi
shart.
2. Ona tili va adabiyot ta’limida eng zamonaviy usullarni qo’llash zarur.
3. Ona tili va adabiyot ta’limida yangi pedagogik teõnologiyalari hamda innovatsion metodlarini o’qituvchilar
faoliyatiga tatbiq etish kerak.
4. Ona tili va adabiyoti ta’limi samaradorligini oshirish uchun o’quvchilar qo’shimcha metodik manbalarni yanada
ko’paytirish shart.
5. Darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun o’quv-metodik qo’llanmalarni nashr qilish kerak.
6. Ta’limning bakalavriat bosqichida DTS asosida o’rganiladigan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kursining umumiy
mazmuni ta’limning boshqa bo’g’inlari ta’lim dasturlari bilan muvoqlashtirilib ulardagi uzviylik va davomiylikni saqlash
kerak.
7. Ona tilimizning o’z tabiatiga mos mezonlarini tayin etish, “unuttirilgan” boyliklarni tiklash, sofligini
ta’minlash tamoyillarini takomillashtirish, rivojlanish istiqbollarini inkishof etish, bir necha ming yillik madaniyatimiz
tariõidagi nutqiy odob an’anlarini o’rganish, so’zni benazir ne’mat sifatida ardoqlagan ulug’ ajdodlarimizning ulkan merosini
bor bo’yicha ko’rsatib berish va yosh avlod ulug’ ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash kerak.
8. Til haqidagi fan rivojlanib, tarkibiy qismlarga ajralib, murakkablashib va mukammallashib borar ekan, til
ta’limi teõnologiyalari ham takomillashib boraveradi. Fan va ta’lim integratsiyasi uzluksiz davom etuvchi jarayondir. O’zbek
tilidan DTSlarni hayotga joriy etishda ana shu uzviylik va uzluksizlik tamoyillari barqaror bo’lishi zarur.
.
IX. Ilmiy tadqiqot va amaliy ishlanmalarning yangi yo’nalishlarini shakllantirilishi bo’yicha takliflar:
a) Respublikada yagona uzluksiz ta’lim markazi tuzilsa;
b) Uzluksiz ta’lim tizimi bo’g’inlari uchun DTSlari uchta vazirlikda tomonidan tuzilgan. DTSlarni tuzishda uzviylik va
uzluksizlik printsipiga rioya etish zarur;
v) Uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlari uchun ona tili va adabiyoti fanidan tuziladigan namunaviy o’quv dasturlari hamda
o’quv qo’llanmalari ham yagona kontseptsiyaga muvofiqlashtirilishi zarur:
.
- Uzluksiz ta’limning har bir bo’g’ini uchun dastur va darsliklarning uzviy bog’liqligi va uzluksizligini ta’minlash;
- Ona tili ta’limida ongli verbal-kognativ ta’lim tizimini qo’llashni rivojlantirish va mukammallashtirish;
- O’zbek tili ta’limiga yangi pedagogik teõnologiyalar va innovatsion metodlarni keng tatbiq etish;
- Darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun o’quv-metodik qo’llanmalarni nashr qilish kerak.
- O’zbek tilidan DTSlarni hayotga joriy etishda fan va ta’lim integratsiyalaridagi uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining
barqaror bo’lishiga erishish.
XI. Konferentsiyani o’tkazgan tashkilotchilar va homiylar.
O’zbekiston Respublikasi Õalq ta’limi vazirligi, Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat pedagogika instituti.
XII. Konferentsiya ishtirokchilari soni, shu jumladan õorij va boshqa shaharlardan kelgan ishtirokchilar
soni
Jami qatnashchilar soni – 200 nafar;
Jumladan: õorijdan – 1ta;
Boshqa shaharlardan – 32 nafar.
XIII. Konferentsiyani o’tkazish bilan bog’liq moliyaviy harajatlar Qo’qon DPI ning byudjetidan tashqari
mablag’lari hisobidan qoplandi.
Rektor: V.M. Mahmudov.
* * *
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA O’TKAZILGAN
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYASI TAVSIYALARIDAN FOYDALANISH
| ¹ |
Anjuman mavzusi, o’tkazilgan joy va vaqti |
Qabul qilingan tavsiyalarning qisqacha mazmuni |
Foydalanish va joriy etish sohalari |
Tavsiyalarni joriy etishdan kutilayotgan natijalari |
| 1. |
“Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda
pedagogika institutlarida o’zbek tili va adabiyoti fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari” Qo’qon davlat pedagogika
instituti, 2006 yil 14 – 15 oktyabr |
1. Uzluksiz ta’limning har bir bo’g’ini, dastur va darsliklari o’zaro bir maqsadli bog’liqlikda
hamda davomiylikda tuzilishi lozim. Bunda quyi bosqich, yuqori bosqich uchun imkoniyatlar tizimini berishga moslashgan bo’lishi
shart. |
Uzluksiz ta’lim tizimida |
Ta’lim tizimidagi uzluksizlikni ta’minlash |
| 2.Ona tili va adabiyot ta’limida eng zamonaviy usullarni qo’llash zarur. |
Uzluksiz ta’lim tizimida |
Ta’lim samaradorligini oshirish |
| 3.Ona tili va adabiyot ta’limida yangi pedagogik teõnologiyalari hamda innovatsion metodlarini o’qituvchilar faoliyatiga
tatbiq etish kerak. |
Malaka oshirish kurslarida |
O’qituvchilarning kasb mahoratini oshirish |
| 4.Ona tili va adabiyoti ta’limi samaradorligini oshirish uchun o’qituvchilar uchun qo’shimcha metodik manbalarni yanada
ko’paytirish shart. |
Uzluksiz ta’lim tizimida |
Ta’lim samaradorligini oshirish |
| 5.Darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun o’quv-metodik qo’llanmalarni nashr qilish kerak. |
Uzluksiz ta’lim tizimida |
Ta’lim samaradorligini oshirish |
| 6.Ta’limning bakalavriat bosqichida DTS asosida o’rganiladigan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kursining umumiy mazmuni
ta’limning boshqa bo’g’inlari ta’lim dasturlari bilan muvoqlashtirilib ulardagi uzviylik va davomiylikni saqlash kerak. |
Uzluksiz ta’lim tizimida |
Ta’lim tizimidagi uzluksizlikni ta’minlash |
| 7.O’zbek tilidan DTSlarni hayotga joriy etishda fan va ta’lim integratsiyalaridagi uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining
barqaror bo’lishiga erishish. |
O’zbek tilidan DTSlarni hayotga joriy etishda |
Uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining barqarorligiga erishish |
Rektor: V.Mahmudov.
|