|
Institutimiz bilan qiziquvchi barcha Internetdan foydalanuvchilar, Muqumiy nomidagi QDPIning
WEB-saytiga xush kelibsiz.
Institutimiz eng sharafli kasb hisoblangan o'g'ituvchilarni tayyorlaydi. Institutning
mutaxassislik boyicha sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talaba o'qish jarayonida bilimlarni puxta egallab, etuk pedagog bo'lib
yetishadi. O'qish davomida mutaxassislikka tayyorgarlikning keng ko'lamda olib borilishi, pedagogik amaliyot davomida orttirilgan
tajribalar talaba bilim saviyasini, ko'nikma va malakalarini oshirib boradi va kerak vaqtda uni namoyon qilishda yordam beradi.
Hozirgi kunda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni amalga oshirishda institut professor-o'qituvchilari tinmay izlanishda davom
etmoqdalar. Har yili Muqumiy nomidagi QDPI dargohiga 1500 dan ziyod yoshlar yuqori malakali mutaxassis bo'lish uchun keladilar.
Kelajak uchun yuksak malakali mutaxassis tayyorlash institut professor-o'qituvchilarining o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalaridan
hisoblanadi.
Institut rektori - Maxmudov Valijon, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
|