Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash oliy ta'lim maktablari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.
Oliy ta'lim tizimida pedagogika oliy o'quv yurtlari alohida o'rin egallaydi..
Muqumiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika Instituti o`z faoliyatini 1931 yil yanvar
oyida kechki pedagogika oliy bilimgohi sifatida (4 yillik o`qish muddati bilan) pedagogika texnikumi binosida boshlagan.
1939-40 o`quv yilidan boshlab u kunduzgi Davlat O`qituvchilar Oliy Bilimgohiga aylantirildi, 1943 yil esa, Xotin-qizlar
Davlat Pedagogika Oliy Bilimgohi bo`ldi. 1943 yili oliy bilimgohga demokrat shoir Muqimiy nomi berildi.
Hozirgi kunda institutning kunduzgi va sirtqi bo`limlarida o`qishlar o`zbek va rus tillarida olib
borilmoqda va talabalarga 5 ta fan doktori va professorlar, 81 nafar fan nomzodlari va dotsentlar fanlar asoslaridan ta'lim
bermoqdalar.
Bugungi kunda institutda butun oliy o`quv yurti hayotini tubdan yangilashga
yo`naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda, institut jamoasi yangi pedagogik tafakkur hamda o`quv-tarbiya, ilmiy
tadqiqot va manaviy ishlar sifatini ko`tarish, shu asosda o`qituvchi kadrlar va tarbiyachilar tayyorlash ishini yanada
yaxshilash sohasida muhim tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Hozirgi kunda institutning bakalavriat bosqichida 16 ta ta’lim yo`nalishida ta’limning kunduzgi shaklida
4783 nafar, 8 ta yo`nalish bo`yicha sirtqi bo`limda 1781 nafar, 4 ta maxsus sirtqi shakllarida 1245 nafar talabalar tahsil
olmoqdalar.
O‘zbekistonda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da magistratura muhim bosqich sanaladi.
2003 yildan institutda matemanika, fizika, o‘zbek tili mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura faoliyat ko‘rsata boshladi.
2005 yilda institutda 12 nafar ilk qaldirg‘ochlar magistraturani bitirib chiqdi. 2005 yilda yangi (tarix, adabiyot,
biologiya, kimyo) mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturalar ochilib, mutaxassisliklar 7 taga etdi. Hozirgi kunda
7ta mutaxassislik bo`yicha 42 nafar magistrant tahsil olmoqdalar.
Institut shahar markazidagi zamonaviy o`quv binosida joylashgan. Unda eng yangi o`quv
qurollari bilan jihozlangan, komputerli va displeyli texnikaga ega bo`lgan bir qancha o`quv kabinetlari va laboratoriyalar
talabalarning bilim olishi uchun samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Sport kompleksi, profilaktoriya, talabalarni
sog`lomlashtirish oromgohi, oshxonalar va yordamchi xo`jalik talabalar va o`qituvchilar xizmatida. Shuningdek, 224518 jild
kitobga ega bo`lgan kutubxona, elektron kutubxona va katta o`quv zali doimo talabalar bilan gavjum.
Institut jamoasi ko`p millatli bo`lib, unda barcha millat vakillari bahamjihat faoliyat ko`rsatmoqdalar.
|