\ WWW.EDU.UZ / \ WWW.PEDAGOG.UZ / \ WWW.GOV.UZ /
 
 
INSTITUT HAQIDA




 
" FAOLIYAT "
TA’LIM SOHASI
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining o’zbek modelini ishlab chiqish ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish muhim vazifalardan biri deb belgilangan. Ushbu muhim vazifalarni hal etishda o’qituvchilar katta rol o’ynaydi. Qo’qon Davlat pedagogika instituti ana shu kasb egalarini tarbiyalab etishtirishga mo’ljallangandir. Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat pedagogika instituti Farg’ona vodiysidagi eng to’ng’ich oliy o’quv yurti bo’lib, umumta’lim maktablari uchun pedagog kadrlar tayyorlaydi. 75 yillik tarixi mobaynida oliy bilimgoh kichik bir oliy o’quv yurtidan katta moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan umumta’lim maktablari hamda maktabgacha tarbiya muassasalari uchun oliy malakali pedagog kadrlar tayyorlash markaziga aylandi.
    Institut jamoasi yosh avlodni kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash, izlanuvchan, iqtidorli yoshlarni tanlash, ularning iqtidorlarini rivojlantirish, to’g’ri yo’naltirish, bu sohada Qo’qon shahrida mavjud umumiy o’srta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ilmiy-uslubiy yordam berish ishiga o’z hissalarini qo’shmoqda.
    Hozirgi kunda 16 ta ta’lim yo’nalishi buyicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
    Talabalarning umumiy soni 7809 nafar bo’lib, ulardan 4783 nafari kunduzgi, 1781 nafari sirtqi, 1245 nafari maxsus sirtqi bo’lim talabalaridir. Hozirgi kunda 7ta mutaxassislik bo`yicha 42 nafar magistrant tahsil olmoqdalar. Matematika, fizika, o’zbek tili mutaxassisligi bo’yicha magistratura 2003-2004 o’quv yilidan, 10.02.02-milliy tillar (o’zbek tili) mutaxassisligi bo’yicha aspirantura 1998 yildan faoliyat ko’rsatmoqda.
    Institut tarkibidagi 6 ta fakulhtetda jami 24 kafedra bo’lib, 308 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 5 nafari fan doktori va professorlar, 81 nafari fan nomzodlari hamda dotsentlardir. Professor-o’qituvchilar O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga qo’yilgan talablarni amalga oshirishga munosib hissalarini qo’shmoqdalar.
    Institutda tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar natijasida 2006 yilga kelib dissertatsiya himoyalari soni o’smoqda. Jumladan, 2001 yilda himoya bo’lmagan, 2002 yili 2 nafar nomzodlik, 2003 yili 1 nafar nomzodlik, 2004 yili 3 nafar nomzodlik, 2005 yilda 2 nafar nomzodlik va 1 nafar doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo’lgan bo’lsa, 2006 yilda 6 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi.
    Pedagogik faoliyatlarini ilmiy-tadqiqot ishi bilan uyg’unlashtirish maqsadida so’nggi 2001-2006 yillar davrida 20 dan ziyod iqtidorli yoshlarni aspiranturaga, 87 nafar yosh o’qituvchilarni aspirant-tadqiqotchilikka yuborildi.
    Institut ma’muriyati ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojini e’tiborga olib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydigan xodimlarga zarur shart-sharoit yaratib berishga alohida e’tibor bilan qaramoqda. Institutda iqtidorli tadqiqotchilarni aniqlash va ulardan yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash orqali ilmiy salohiyat ko’rsatkichini talab darajasiga ko’tarish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Reja-dasturlarning bajarilishi kafedra-dekanat-rektorat tizimida muhokama etilgan. Institutda nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib borayotgan o’qituvchilarning aksariyati ishdan ajralmagan holda dissertatsiya himoya qilishga kirishgan. Tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Elektron dissertatsion kutubxona va axborot texnologiyalari bo’limi ularning xizmatida. Ular muntazam moddiy rag’batlantirib boriladi. Ayrim dissertantlarning ehtiyojiga qarab, ular xarajatlar to’langan holda ilmiy safarlarga yuboriladi. Dissertatsiya ustida ishlayotgan tadqiqotchilar uchun ilmiy safar xarajatlari, nomzodlik minimumini topshirish bilan bog’liq, shuningdek ilmiy rahbarlarga to’lanadigan xarajatlarni rektorat o’z zimmasiga olgan. Dissertatsiya mavzusiga oid respublika miqyosida anjuman, konferentsiyalarda ishtirok etish maqsadidagi ilmiy safarlari muntazam mablag’ bilan ta’minlanmoqda. Yil yakuniga ko’ra ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda faol ishtirok etgan, ilmiy sohada ma’lum yutuqlarga erishgan professor-o’qituvchilar moddiy jihatdan rag’batlantirilmoqda. Bundan tashqari institutda talabalar uchun kafedralarda maqsadli mashg’ulotlar tashkil etilgan bo’lib, unda iqtidorli talabalar o’zlarining ilmiy muammolari asosida tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar. Ularga rahbarlik uchun kafedraning etakchi professor-o’qituvchilari jalb etilgan. Ularni muntazam respublikadagi nufuzli oliy o’quv yurtlariga talabalar bilan fikr almashish hamda nufuzli olimlar fikrlaridan bahramand bo’lishlari uchun safarlar uyushtirilmoqda. O’zR XTVning ko’rsatayotgan e’tibori tufayli respublikaning etakchi olimlarini muntazam institutimiz o’quv-tarbiya jarayoniga jalb etish yo’lga qo’yilgan. Ilmiy maqolalarning nashr ettirilish ko’rsatkichi so’nggi yillarda o’sgani ilmiy tadqiqot ishlariga munosabatning ijobiy tomonga o’zgargani hamda institutda yoshlarni (talaba va o’qituvchilarni) ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

    Navbatdagi yo'nalishda faoliyatimiz ta’lim jarayonini o’quv adabiyotlari, jumladan darsliklar, o’quvg`uslubiy qtsllanmalar, ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lib, institut kutubxonasiga 2000 yilda 2312,5 ming so’m, 2001 yilda 3950,0 so’m, 2002 yilda 4449,1 so’m, 2003 yilda 8429,3 so’m, 2004 yilda 10803,4 so’m, 2005yilda 12913,4 so’m, 2006 yilda 92845,1 so’mlik o’quv adabiyotlari keltirilgan. Institut kutubxona fondini ilmiy darsliklarning electron nusxalari bilan boyitish so’nggi davrdagi eng muhim davr talabidir Hozirda institut kutubxonasida fanlar bo’yicha 135 ta elektron ma’ruzalar, qo’llanmalar tayyorlandi. Bunday darsliklarni yanada takomillashtirish, internet yangiliklari bilan boyitish va virtual shakllanishni yaratish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
    Elektron kutubxonada doktorlik, nomzodlik dissertatsiyalari, ma’ruzalar matni jamlangan elektron ma’lumotlar bazasi ham mavjud. Bu boradagi asosiy vazifa o’qitiladigan barcha fan predmetlari bo’yicha darslik, qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasini ta’lim oluvchilar kontingenti bilan uyg’unlashtirishdan iborat.
    Navbatdagi faoliyatimiz institutda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, ya’ni o’quv-tarbiya jarayonlarini komp’yuterlashtirish, komp’yuter texnikalarini zamonaviylashtirish, o’quv-tarbiya jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, masofali o’qitish tizimini takomillashtirishdan iboratdir.
    Eng dolzarb vazifa barcha faoliyat yo'nalishlarining komp’yuter boshqaruv tizimini yaratish va amalga oshirishdan iboratdir.
   Hozirgi kunda institutda mavjud komp’yuterlarning zamonaviylik darajasi 75% dir. Institut o’quv-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini qo’llash takomillashtirilgan bo’lib, barcha komp’yuterlar lokal tizim orqali ulangan, bu esa elektron kutubxonadagi darsliklar, dissertatsiyalar ma’ruza matnlari, internet ma’lumotlaridan foydalanish bilan birga institutda boshqaruv tizimidagi barcha hujjatlar harakati va ularning ijrosini nazorat qilishda qulaylik tuo’dirmoqda.
    Navbatdagi yo’nalish faoliyatimiz institut o’quv binolari, «Talabalar turar joyi»ni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, ta’mirlash hamda o’quv jarayonlarini yangi laboratoriya uskunalari bilan ta’minlashga qaratilgan.
    2000-2005 yillarda institut talabalar kontingenti ortishi munosabati bilan auditoriya fondini kengaytirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Agar 2000 yilda institut auditoriya fondi14220.0 kv.m. ni tashkil qilgan btslsa, 2004 yilda bu ktsrsatkich 17235.0 kv.m.ga, 2006 yilda bu 40479,36km.ga oshgan. Bu boradagi o’sish dinamikasi 30.1 foizni tashkil qiladi. 2002 y 960 o’rinli yangi o’quv binosi ishga tushirildi. O’zR Xalq ta’limi vazirlikning bevosita ktsmagi bilan 270 o’rin mo’ljallangan yangi o’quv binosi foydalanishga topshirildi. Qo’qon Poyafzal hissadorlik jamiyatining 9 qavatli ma’muriy binosi institut balansiga o’tkazildi.
    O’quv auditoriyalari, «Talabalar turar joyi»ni zamonaviy jihozlar, mebellar bilan ta’minlash borasida ham ijobiy ishlar qilindi, o’quv va yotoqxona mebellari, zamonaviy jihozlar keltirildi. Asosiy o’quv binosida kapital ta’mirlash ishlari bajarildi.
    Institutda ta’lim tizimini takomillashtirilishi, bu borada yangi sifat ko’rsatkichlariga erishish, tayyorlanayotgan kadrlarning malakaviy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan ishlarimiz samarasi, qolaversa, institutning kelajak istiqboli ko’p jihatdan bitiruvchilarimizning ishga joylashuviga bog’liqdir. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ayrim fanlar bo’yicha o’qituvchilarning etishmasligini Farg’ona, Namangan, Andijon viloyatlari Xalq ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda chuqur o’rganish va tahlil qilish natijasida etishmayotgan sohalarga joylardagi umumiy tsrta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini institutimizga jalb qilish, ularni test sinovlariga tayyorlash bo’yicha o’quv-maslahat mashg’ulotlari olib borilmoqda. So’nggi yillarda nafaqat Farg’ona viloyati, balki boshqa viloyatlardan ham institutimizga kiruvchilarning soni sezilarli darajada ortdi. Bu albatta, vodiyda faoliyat ko’rsatayotgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining fan o’qituvchilariga bo’lgan extiyoji bilan bog’liqdir, mutaxassislarga bo’lgan extiyoj institutda kadrlarga bo’lgan talabni belgilaydi. Qo’qon davlat pedagogika instituti institut qoshidagi litsey, 1ta akademik litsey va 14 ta kasb-hunar kollejlari hamda atrof-tumanlarda joylashgan kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan bo’lib, institutda mavjud 6 ta fakulhtet ushbu ta’lim maskanlariga biriktirilgan. Kasb-hunar kollejlarining oliy ta’lim muassasasi yo’nalishidagi va unga turdosh bo’lgan yo’nalishlardagi mutaxassis tayyorlov o’quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo’yicha institut olimlari va kollejlar o’qituvchilari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-treninglar o’tkazildi. Institutning tegishli soha mutaxassislari tomonidan kasbg`xunar kollejlari y?nalishlarining amaldagi davlat ta’lim standartlari ko’rib chikildi, kasb-xunar kollejlari, ish beruvchi xalq ta’limi bo’limlarining yosh mutaxassislarga bo’lgan talabi o’rganildi.
    Institutning maxsus sirtqi bo’limiga qabul rejasi mazkur talablar asosida aniqlashtirildi. Institutning 2006-2010 yillarda bakalavrlar hamda magistrlar tayyorlash rejasini tuzishda xalq ta’limi bo’limlari va kasb-hunar kollejlarining aniq mutaxassisliklar bo’yicha yosh kadrlarga bo’lgan ehtiyoji hisobga olindi.
    Institut saytida “Ochiq lektsiyalar” bo’limi ochilib, unga ochiq lektsiyalar jadvali qo’yildi, uning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar berib borilmo?da. Shu kungacha professor-o’ituvchilar tomonidan 20 ga yaqin ochiq lektsiyalar o’tkazildi.

    Hozirgi davrda ta’limning maqsad va vazifalarini aniq belgilagan holda, o’quv-tarbiya jarayoni mazmunini takomillashtirish qoidalari va yo’nalishlarini, shakl va uslublarini anglash, pedagogik holatlarga tadbiq etiladigan yangiliklarni asoslash, fundamental tadqiqotlarni amaliy ishlanmalar bilan uyg’unlashtirilgan holda amalga oshirish, shuningdek ilmiy natijalarni pedagogik amaliyotga joriy etish nihoyatda muhimdir.
    Keyingi yillarda xalq ta’limi rivoji yo’lida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi, hukumatimiz sa’y-harakati bilan asrga tatigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2004 yilning 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida»gi Farmoni xalq ta’limi rivoji yo’lidagi olamshumul ishlarga debocha bo’ldi. Hozirgi oliy maktab rivojidagi izchil tamoyillardan biri - oily ta’lim muassasasi hamda maktab o’rtasidagi aloqani yanada mustahkamlashdir. Bu maktab uchun tayyorlanayotgan kadrlar, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi, ilmiy tadqiqot ishining maktab ta’lim–tarbiya jarayoniga tadbiq etib borilishi, shu asosda o’quv jarayonini, ta’lim sifatini, tayyorlanayotgan mutaxassislarning kasbiy malaka darajalarini takomillashtirish, amaliyotga fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalarini tadbiq etish yo’lidir.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 sentyabrdagi Qo’qon shahrida ta’lim, sogliqni saqlash, madaniyat, sport sohasidagi ishlarni faollashtirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni maqsadli yo’naltirilishini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bayonining ijrosini ta’minlash bo’yicha Qo’qon davlat pedagogika institutida, Qo’qon shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish, tahsil olayotgan o’quvchilar va talaba-yoshlar o’rtasida giyohvandlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o’rtasida diniy ekstremistik va terroristik guruhlarga ko’shilib qolishining oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo’yicha maxsus dastur ishlab chiqildi. Dastur asosida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishiga erishildi.
    Hozirgi kunda institutning ta’lim-tarbiya jarayoniga Toshkent shahri va Farg’ona vodiysidagi oliy ta’lim muassasalarining etakchi professor-o’qituvchilari va olimlari salohiyatini jalb etish ishlarini yanada kuchaytirish, respublikamizdagi etakchi oily ta’lim muassasalari bilan ta’lim-tarbiya, ilmiy, uslubiy ishlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan uzoq muddatli hamkorlik shartnomalarini yangilash, institutda xorijiy tillarni o’rgatish markazini tashkil etish, institut professor-o’qituvchilarini MDH va rivojlangan xorijiy davlatlarda malaka oshirishlarini ta’minlash maqsadida «Iste’dod» jamg’armasi bilan hamkorlikdagi alohida dasturini tuzish bo’yicha amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
    Institutning yosh, iqtidorli o’qituvchilaridan 2 nafari(siyosatshunoslik ytsnalishi bo’yicha Qodirov A.O., qishloq xo’jalik yo’nalishi bo’syicha Xalimova M.R.) O’zR Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi 2006-2007 o’quv yili uchun grant sovrindorlari tanlovida ishtirok etib, grant sovrindorligiga erishdilar.
    Institut rahbariyatining diqqati o’quv jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish bilan birga talabalarda ijtimoiyg`siyosiy ko’nikmalar hosil qilish, ularda yangicha dunyoqarash, faol hayot yo’lini shakllantirishga qaratilgan. Ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mukammallashtirish, milliy istiqlol, boy intellektual meros va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash hozirgi kunimizning eng dolzarb talablaridan bo’lib qolmoqda.
    Institut jamoasi «Xazina - 2003» - O’zbek folhklori va urfg`odatlari festivalida respublika oliy o’quv yurtlari tsrtasida faxrli 2-o’rinni, «Xazina - 2005» festivalida esa faxrli 1-o’rinni egallab, festival laureati unvoniga sazovor btsldilar.
    Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. Bu borada institutda professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlarning sportga bo’lgan munosabatini quyidagi fikrlardan bilib olish mumkin. Talabalarimizning sport turlari bo’yicha viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritmoqdalar. Jumladan, CHirchiq shahrida yoshlar va o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan sportning boks turi bo’yicha O’zbekiston birinchiligi musobaqalarida jismoniy tarbiya fakulüteti talabasi Ravkat Abdullaev 91 kg dan ortiq vazn toifasida barcha raqiblarini dog’da qoldirib, O’zbekiston chempioni bo’ldi, shuning bilan birga sport ustasi normativini bajardi.
    M.Danilyan esa qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston chempionatida 3-o’rinni egalladi. Temur Xudoyqulov esa dzyudo bo’yicha O’zbekiston chempioni bo’lish bilan birga O’zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi. 29 mart 4 aprelü kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida kross bo’yicha jahon chempionatida jismoniy tarbiya fakulüteti 1-kurs talabasi Tunguskova Ekaterina muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportning voleybol turi bo’yicha O’zbekiston chempionatida institut jamoasi 3-o’rinni egalladi. Biz va hamyurtlarimiz ushbu sportchilarimiz bilan faxrlanamiz.
    Jismoniy tarbiya fakul’tetida faoliyat ko’rsatayotgan 14 turdagi to’garaklar talabalarni sportga ommaviy jalb etishda katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
    Talabalarga buyuk ajdodlarimiz merosini yanada puxta o’rgatish maqsadida «Ulug’ ajdodlarimiz izidan» nomli ilmiyg`adabiy safarlar uyushtirish ytslga qtsyilgan bo’lib, Ahmad Faro’oniy, Bobur, Mashrab, Huvaydo, Nodira, Uvaysiy, Burhoniddin Maro’inoniy, Muqimiy, Furqat qadamjolarini ziyorat qilishlari an’anaga aylangan.
Institutda «Tafakkur», «Zakovat» intellektual klublari muntazam faoliyat ktsrsatmoqda.
Qo’qon shahrida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarasini, ta’sirchanligini oshirish – institut jamoasining bugungi kundagi dolzarb vazifalaridir.
    Talabalarni tanlagan kasblariga qiziqishlarini yanada shakllantirish, pedagoglik kasbiga bo’lgan hurmat, extiromni kuchaytirish maqsadida «Uch avlod uchrashuvlari» tashkil etiladi, unda institutimiz sobiq talabasi M. Madalieva, O’zbekiston Xalq o’qituvchilari, taniqli, hukumatning oliy mukofotlariga sazovor btslgan nishondor pedagogg`murabbiylar bilan ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, kechalar uyushtiriladi.
    So’nggi yillarda institutda professor-o’qituvchilar va talabalarni ijtimoiy muhofaza q’ilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Institut ma’muriyati har bir professor-o’qituvchi yoki rahbar xodim (fakulhtet dekani, kafedra mudiri)ning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadiqot, ma’naviyg`ma’rifiy ishlari btsyicha olib borayotgan faoliyatini aniqlash asosida moddiy rag’batlantirishni yo’lga qo’yilgan.
    Institutda sanatoriy-profilaktoriy faoliyat ko’rsatmoqda. Unda yiliga tsrtacha 600dan ziyod professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar sog’liqlarini tiklaydilar.
    So’nggi vaqtlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularning alohida dasturlar asosida maqsadli mashg’ulotlarga jalb qilish o’z samarasini berib, talabalarimiz chet el tashkilotlarining turli tanlovlarida ishtirok etmoqdalar, natijada hozirgi kunda Amerika, Italiya, Yaponiya davlatlarida ta’lim olmoqdalar.
    2000-2005 yillar davomida institutimiz yosh, iqtidorli talabalaridan 18 nafari turli Davlat (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek) stipendiyalari, 48 nafari nomdor stipendiyalar sovrindorlari bo’lishga muvaffaq bo’ldilar, 48 nafar talaba Respublika fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egalladilar.
    Ayniqsa, o’zbek tili va adabiyoti fakulhtetining professorg`o’qituvchilari 2003 yildan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ilmiyg`texnik taraqqiyotni muvofiqlashtiruvchi Kengash Fan va texnologiyalar markazi tomonidan F–7.2.1. raqami bilan ro’yxatga olingan «Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasbg`hunar kollejlarida o’zbek tili va adabiyoti fanlarini tsqitishning innovatsion metodlari» ilmiy loyihasi ustida ish olib borayotgani, loyihaning bajarilishiga iqtidorli talabalar ham jalb qilingani muhim ahamiyat kasb etadi.
    Psixologiya kafedrasi olimlari 2003 yildan «Oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarning mustaqil fikrlashini ta’minlovchi integral pedagogik texnologiyalarni loyihalashda interfaol metodlardan foydalanishning didaktik qonuniyatlari» mavzusida O’zbekiston Milliy Universiteti olimlari bilan, fizika kafedrasi olimlari ham 2003 yildan «Polyarizatsionnqe fotogolhvanicheskie effektq v poluprovodnikovqx kvantovqx yamax» mavzusida Fargona Davlat Universiteti nazariy fizika kafedrasi olimlari bilan hamkorlikda davlat byudjeti asosidagi sharnomaviy ishlarni bajardilar.
    Albatta, yaratilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yangiliklar ta’limg`tarbiya mazmunini yangilash va boyitishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
    Institut kafedralari O’zR FA Yadro fizikasi instituti, Fizika-texnika ilmiy tadqiqot instituti, Til va adabiyot instituti, Falsafa va xuquq instituti, O’simlik moddalar kimyosi instituti, Tarix instituti, Matematika instituti, O’zMU, Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI, O’zR O’MKHTRI, Nizomiy nomidagi TDPU, O’zJTI, O”zDJTI, Buxoro DU, AnDU, FarDU, NamDU, SamDU, FarPI, Respublika «Oila» ilmiyg`amaliy markazi bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yuzasidan shartnomalar tuzganlar. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida hamkorlikda o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy qo’llanma, risolalar, darslik yaratmoqdalar. Institutda nomzodlik, doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 100 dan ziyod aspirantlar va ilmiy tadqiqotchilarning aksariyati yuqoridagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat ko’rsatayotgan olimlar ilmiy rahbarligi yoki maslahatchiligida shug’ullanmoqdalar. Institutda ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ayniqsa ayollar orasidan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar o’z samarasini bermoqda.
    Institutda professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash istiqbol rejasi ishlab chiqilgan va uni amalga oshirish bo’yicha tadbirlar belgilangan.
    Institut professorg`o’qituvchilarini malaka oshirish va qayta tayyorlash uchun O’z MU huzuridagi OPI, TDPU, O’z D Konservatoriyasi, O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti, AnDU, Fardu, NamDU huzuridagi kadrlar malakasini oshirnish va qayta tayyorlash fakul'tetlariga, shuningdek, respublikamizdagi yetakchi Oliy o’quv yurtlariga, chet el o’quv yurtlariga stajirovkalarga yuborilmoqda.
    Institutda xalqaro aloqalarni rivojlantirish, chet el oliy o’quv yurtlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni ytslga qtsyish, ayniqsa ularni chet ellarda kasbiy bilim, malakalarini oshirishlariga shart-sharoitlar yaratish asosiy diqqat e’tiborimizda bo’lib, birgina 2003-2005-yillar davomida 21 nafar o’qituvchilar Amerika, Avstriya, Germaniya, Malayziya, Hindiston davlatlarida malaka oshirib qaytdilar.
    Institutning yuqori malakali mutaxassislar va hamkor davlatlarning individual extiyojlarini qondirishga qaratilgan evropa Ittifoqining oliy ta’lim sohasidagi TEMPUS dasturi btsyicha 2003-2005 yillar davomida UM_JEP 23155- 2002 «Desire – Xalq’aro aloqalar bo’limini tashkil etish va uning faoliyatini zamonaviy tarzda rivojlantirish» loyihasida ishtirok etishi - institutda chet el ilmiy markazlari bilan o’zaro ilmiy axborotlar ayirboshlash, tajriba almashish, ta’limning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish, bunda oliy ta’lim va maktab amaliyoti o’rtasidagi aloqalarni yaxshilash va kengaytirishga asos bo’ladi, degan umiddamiz. Loyixa bo’yicha Vena (Avstriya)Texnika universiteti va Myunxen texnologiya universitetlari, «DANUBE» tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Loyiha bo’yicha Vena shahrida Xalqaro aloqalar bo’limining xodimlari 2003 yilning oktyabr oyida (2 nafar); 2004 yilning aprel oyida (3 nafar); iyunh oyida (3 nafar) Vena(Avstriya) Texnika universitetida, iyun oyida (2 nafar), 2005 yilning may oyida (3 nafar), oktyabr oyida (3 nafar) Vena (Avstriya) va Myunxen (Germaniya) Texnika universitetlarida o’z malakalarini oshirishdi.
    Xalqaro aloqalar bo’limi muntazam ravishda yangi dasturlar va loyixalar buyicha e’lonlar berib, institut professor-o’qituvchilari va talabalari uchun loyixa hamda dasturlarning taqdimotini o’tkazib bormoqda.
    Institutimiz 2004 yili «Ish tajribasidagi yuqori sifat uchun» Xalqaro jamo’arma Boshqaruvi (Shveytsariya)ning oltin medaliga sazovor bo’ldi.
    Bunday ijobiy ishlar, xatti-harakatlar xalqimiz va kelajak yoshlarimiz kamolotida eng muhim omillar bo’lib qoladi.

 
YANGILIKLAR


KALENDAR








\ 2006® | Qo'qon sh. / QDPI Axborot Texnologiyalar Markazi.