|
|
" INSTITUT BO'LIMI "
| INSTITUT O'QUV BO'LIMI |
 |
INSTITUTNING O'QUV BO'LIMI BOSHLIG'I - TURG'UNOV AZIZ .
O`quv bo`limi institut tuzdilmasining bir qismi hisoblanadi.
O`quv bo`limi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadralar tayyorlash milliy
dasturi”ini hayotga tadbiq etish asosida tashkil qilinadi va o`quv jarayonini sifatli tashkil qilishda ma’lum ishlar
amalga oshiriladi. Institut professor-o`qituvchilarini fan mutaxassisliklari va axborot kommunikao’ion texnologiyalari
bo`yicha reja asosida malaka oshirish kurslaridan o`tib kelishlarida amaliy yordam berib kelmoqda.
|
|
|
|
Institutdagi barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to`g`risida”gi 343-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2002 yil
21 fevraldagi buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv rejalari va Davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan.
Professor-o`qituvchilarning tasdiqlangan shaxsiy ish rejalari Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2004 yil
29 maydagi 145-sonli buyrug`i asosida ko`rib chiqilib “Vaqt me’yorlari”ga mos ravishda joriy etildi. O`qitish
jarayonidagi malakaviy amaliyot “O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyot
haqida”gi Nizomda ko`rsatilgan talablar asosida va o`quv rejasiga binoan tashkil etiladi.
Institutdagi o`quv jarayonini bir o`quv yili ko`lamida rejalashtirish va tashkil etish, institutning o`quv ishlari
bo`yicha hujjatlarini yuritish va hisobotlar uchun ma’lulmotlar to`plash, o`quv jarayonini ta’minlash bo`yicha
fakulhtetlar, kafedralar va boshqa bo`limlarning ishlarini muvofiqlashtirish hamda o`quv jarayoni tizimini
takomillashtirish, institutda ta’lim olayotgan talabalarning sessiya natijalarini tahlil etish o`quv bo`limining asosiy
vazifalari hisoblanadi.
|
|
O`QUV JARAYONINI REJALASHTIRISH:
- namunaviy o`quv rejaga asosan ishchi o`quv reja ishlab chiqish.
- o`qitilayotgan kurslar bo`yicha o`quv dasturlarining mavjudligi va ularning ahvoli yuzasidan nazorat qilish.
- o`quv mashg`ulotlar jadvali va imtixonlar jadvalini tuzish.
- talabalarning davomati va talabalar kontingentidagi o`zgarishlarni tahlil etish.
|
|
|
|
|
YANGILIKLAR
TALABALAR UCHUN
ABITURIENT UCHUN
KALENDAR
|
|