MONOGRAFIYALAR
KUY AVJIDA O'ZILMASIN TOR:
(Monografiya) "Fan" nashriyoti. 2006y.

Muallif: M.M. Hoshimova

Ushbu monografiyada 50-yillarda adabiyot maydoniga kirib kelgan Erkin Vohidov ijodi haqida so'z yuritiladi. Shoir ijodini hozirgi zamon o'zbek poeziyasi va dramaturgiyasining taraqqiyotidagi o'rni, mavzular doirasi, liro-epik janrdagi asarlari, ijodining badiiyati haqida fikr yuritiladi.
Monografiya oily va o'rta maxsus o'quv yurtlari, maktab adabiyot o'qituvchilari va talabalarga mo'ljallangan.

Mas`ul muharrir: filologiya fanlari nomzodi, dotsent R. Tojiboyev


O'ZBEKISTON MILLIY MUSTAQILLIK MAFKURASI
(Monografiya) "Farg'ona"nashriyoti. 2006y.

Muallif: A.Zohidov, A.Hamidov

Ushbu kitob, O'zbekiston milliy mustaqillik mafkurasi (O'MMM) mohiyati, nazariy-metodologik asosi, amaliy mafkuraviy-siyosiy maqsad va vazifalari, konstitutsion huquqiy-siyosiy maqomi, tushuncha, kategoriya, printsip, kontsepsiya, nazariyalarini mumkin qadar hamma tushuna oladigan o'zbek adabiy tilida qisqa va lo'nda bayon etish usulida nashrga hozirlandi. Ilova qismi O'MMM ni yanada chuqur va amaliy-tashkiliy jihatlardan tushunib olishga yordam beradi degan umiddamiz.
Kitob asosan falsafa. Siyosatshunoslik, barcha ijtimoiy-insonshunoslik sohalari talaba, aspirant, izlanuvchi-tadqiqotchilarga, mafkura bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.

Mas`ul muharrir: filologiya fanlari doktori, professor N. Komilov, siyosatshunoslik fanlari doktori, professor S. Jo'rayev.


Mustaqillik yillarida  Uzbekistonda  Pedagogik fikrlarning rivojlanishi.
(1992-2005yillar)

(Monografiya) ”Fan”nashriyoti. 2006y.

Muallif: Nigora  Erkaboeva

Maskur  monografiyada Uzbekistonda  mustaqillik yillarida  pedagogik fikrlarning rivojlanishi shart-sharoitlari, talim  islohotlarining amalga oshirilishi, Uzbekiston Recpublikasi Prezidenti I.A. Karimovning talim-tarbiyaga doir fikirlarining pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan urni, milliy ictiqlol goyasi va milliy mafkuraning pedagogik fiklar rivojlanishigaasosiy yunalishlar, hozirgi davr jamiyat taraqqiyoti sharoitida yangilangan pedagogik fiklar istiqbolkabi masalalar yuzasidan fikr yuritiladi.
Monografiya talim tizimi hodimlari, pedagogika nazariyasi va tarihi buyicha izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar hamda oliy uquv yurti talabalariga muljallangan.

Mas`ul muharrir: pedagogika fanlari doktori, professor S. Nishonova


Tarihiylik printsipi
(Monografiya)
”Fan”nashriyoti. 2006y.

Muallif: Utkir Yuldoshev

Ushbu monografiyada didaktik printsiplar muammosini olimlar tomonidan qay darajada o’rganilgalik holati, didaktik printsip mohiyati, didaktik printsiplarning pedagogika hazariyasida urni hamda tabiy-ilmiy va ijtimoiy- gumanitar fanlarni ukitish jarayonida tarihiylik printsipning qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari ko’rsatib o’tilgan.
Monografiya pedagogika oliy o’quv yurti talabalari, magistrantlar, aspirantlar va shu soha tatqiqotchilar uchun mo’ljallangan.

Mas`ul muharrir: pedagogika fanlari doktori, professor N.S. Sayidaxmedov


OILA VA MA`NAVIYAT
(Monografiya)
Muallif: M.M. UMAROVA Fan nashriyoti. 2005y.

Ushbu monografiyada milliy vafkura barkamollik, milliy an’analarimizga sodiqlik, oilaparvarlig kabi g`oyalarini oilani alohida ijtimoiy guruh deb etgan holda, ushbu inistitut orqali o’smir yoshli bolalar ongiga kattalar yordamida singdirish ulardan e’tiqodsizlik fikrlash va dunyo qarashda tobelik kabi salbiy hislatlarning oldini olish ga imkon berish masalalari yoritiladi. Zero aynan shu masala Uzbekistonda kohkret psihologik tatqiqot doirasida o’rganilmagan, bunign oqibatida esa oilada  tarbiyalanayotgan va ta`lim muassalarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlar dunyoqarashida teranlik mustaqillik va etiqodliligning etarli darajada emasligi jamoatchilikni tashvishga solmoqda.
Tadqiqotda azaliy qadriyatlar qadimdan o’zini oqlab kelayotgan ilg`or milliy g`oyalarimizga asos qilib olinishi mumkin bo’lgan tushuncha va tasavvurlarni yoshlar ogniga oila orqali singdirishning ijtimoiy psihologik omillari atroflicha yoritiladi.
Monografiya ota-onalar va muassasalari mutasaddilari uchun joylardagi “Oila”markazlari, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati etakchilari uchun amaliy jihatdan manfaatli bo’lishi mumkin.

Mas`ul muharrir: psixologiya fanlari doktori, professor V.M. Karimova


MUSTAQIL UZBEKISTON: IJTIMOIY –SINFIY TUZILMA O’ZGARISHLARI
(Monografiya)
Muallif: Ma`mur Qahhorov
”Farg’ona”nashriyoti. 2006y.

Monografiyada mustaqillik va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonning ijtimoiy sinfiy tuzilmasida yuz berayotgan muhim milkdor va sifat o’zgarishlari, sotsial sinfiy tabaqalanish mezonlari hamda yangi ijtimoiy sinfiy tuzilmaning nazariy modeli falsafiy sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Oliy o’quv yurtlarning ijtimoiy fanlar o’qituvchilariga, talabalarga mavzu bilan qiziqqan kitobhonlarga mo’ljallangan.

Mas`ul muharrir: pedagogika fanlari doktori, professor


SO’Z VARIANTLARINING LEKSIK-SEMANTIK DIFFERENTSIYASI
(Monografiya)
Muallif: Rashid Shukurov «Fan» nashriyoti 2006 y
O’zbek tilining leksik sistemasini o’rganishda so’z variantlarini tadbiq qilish o’zbek tilining taraqqiyoti bilan bog’liq juda ko’p qonunyatlarni ochish imkonini beradi. Monografiyada so’z variantlarining turlari, ularni yuzaga keltirgan lisoniy va nolisoniy omillar, so’zning o’zak va affiksal variantlari, variantlikning qo’shma, juft va takroriy so’zlar doirasida xam yuzaga kelishi, so’z variantlarining leksik-semantik differentsiatsiyasi atroflicha tahlil qilingan. Kitob oliy o’quv yurtlarining o’zbek filologyasi fakultetlari talabalariga, akademik litsey, hunar-texnika kollejlari hamda o’rta umumta’lim maktablarining til va adabiyot o’qituvchilariga, o’zbek tili bilan qizikuvchi barcha kitobxonlarga mo’ljallangan.
Mas’ul muharrir: O’z R FA akademigi A.Xojiev.